Tehron va Bandar-Abbos aeroportlaridagi uchish-qo‘nish yo‘laklari avtobuslar va vertolyotlar bilan to‘sib qo‘yildi.
Bu haqda sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayanib The Guardian nashri xabar bermoqda.
"Ushbu chora aeroportlarning uchish-qo‘nish yo‘lagini yaroqsiz holatga keltirish orqali AQSh va Isroilning hududga qo‘shimcha kuchlar kiritishini yoki aerodromlardan foydalanishini cheklash maqsadida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin", deya yozmoqda nashr.