Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Tehron Isroil zarbalariga javob berish borasida kelishib oldi

Tehron Isroil zarbalariga javob berish borasida kelishib oldi

Tehron Isroilning yaqinda Eron hududiga bergan zarbalariga javoban harakatlarga kelishib oldi.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘ay xabar bermoqda.

"Biz barcha mumkin bo‘lgan ssenariylarni ko‘rib chiqdik va javobimiz qanday bo‘lishi haqida qaror qabul qildik" - dedi u.

Vazir Eron o‘qqa tutilishiga javob berish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishiga ishontirdi. "Isroil agressiyasiga javobimiz qat’’iy va ishonarli bo‘ladi”, - dedi Bag‘ay.

Avvalroq, 3 noyabr kuni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Ali Fadaviy Eron armiyasi yaqinda Isroilning Eron harbiy obektlariga bergan zarbalariga javoban operasiya o‘tkazishini ma’lum qilgandi.

U jurnalistning savoliga javob berar ekan, bunday operasiya bo‘lishiga ishontirdi. "Men sizga uning tafsilotlarini ayta olmayman", deb qo‘shimcha qildi harbiy rahbar.

Kiritildi: 17:18 04.11.2024. O'qildi: 4175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!