Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi chorshanba kuni Pekinda Xitoy diplomatiyasi rahbari Van I bilan uchrashuvdan so‘ng bayonot berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtatish bo‘yicha AQSh bilan olib borilayotgan muzokaralarda Eron faqat "adolatli va har tomonlama kelishuv"ni qabul qiladi.
"Biz muzokaralar davomida qonuniy huquq va manfaatlarimizni himoya qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Biz faqat adolatli kelishuvni qabul qilamiz", — dedi Aroqchi.
Ayni vaqtda AQSh Prezidenti Donald Tramp ushbu jarayonda "sezilarli yutuqlar" borligini qayd etdi. Biroq Eron vaziri Trampning avvalroq ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishish uchun rag‘batlantiruvchi omil sifatida taklif qilgan — Qo‘shma Shtatlarning Xo‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalarni kuzatib borish operasiyasini to‘xtatish haqidagi taklifiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri izoh bermadi.