Prezident administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi uchta teatrni ko‘zdan kechirdi. Qayd etilishicha, Toshkent teatrlarida ijodiy hayot faol bo‘lsada, aksariyat teatrlarning moddiy-texnik bazasi davlat ko‘magiga o‘ta muhtoj.
Xususan, Muqimiy nomidagi akademik teatr, Yoshlar teatri hamda “Arena” yotoqxonasi binolari anchadan buyon jiddiy ta’mirtalab holatda.
Ta’kidlanishicha, hamma sharoit yaratilsagina, repertuarlar yangilanib turadi, tomoshabin ko‘nglidan joy oladigan, dolzarb mavzulardagi spektakllar sahnalashtiriladi.
“Nodir qo‘lyozmalarni raqamlashtirib, kitobxonlarga taqdim etayotgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Moliyalashtirish masalalarini hal qilish uchun mas’ul shaxslar tayinlangan. Vaziyatni shaxsan o‘zim nazoratga oldim”, dedi (https://t.me/SShMirziyoyeva/3794) Saida Mirziyoyeva.