Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

TDPUda «E-univesitet» axborot tizimi va «E-minbar» dasturiy platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

TDPUda «E-univesitet» axborot tizimi va «E-minbar» dasturiy platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.A.Abduhakimov raisligida 2019 yil 21 sentyabr kuni Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mazkur universitetda joriy etilgan ta’lim, ilmiy va ma’muriy faoliyat jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishga qaratilgan «E-univesitet» axborot tizimi va «E-minbar» dasturiy platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot davomida Toshkent davlat pedagogika universitetida ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga asosiy e’tibor qaratildi.

Jumladan:

- universitetning ta’lim, ilmiy va ma’muriy faoliyati jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishga qaratilgan  “E-universitet”” axborot tizimining 15 ta komponentdan iborat tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqildi.  Bugungi kunda “E-universitet” axborot tizimining boshlang‘ich 8 ta komponenti dasturiy platforma ko‘rinishida ta’lim jarayoniga joriy qilindi; 

- talabalar va professor-o‘qituvchilarni identifikasiya qilish tizimi (FingerPrint texnologiyasi asosida) orqali kirish-chiqishini nazorat qilish elektron tizimi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida tatbiq etilgan axborot tizimlari (E-minbar) tajribasini o‘rganish asosida joriy etildi;

- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida tatbiq etilgan axborot tizimlaridan YE-minbar tajribasini o‘rganish  hamda universitetda ayni vaqtga qadar joriy qilinayotgan axborot tizimlarini o‘zaro integrasiya qilish natijasida Smart-auditoriya faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Smart-auditoriya o‘zida FingerPrint, Smart-minbar, multimediya proyektori kabi zamonaviy axborot texnologiyalarini jamlagan tizim. 

FingerPrint texnologiyasi talaba va professor-o‘qituvchilarning barmoq izlarini skanerlash asosida davomatni avtomatik tarzda aniqlaydi hamda markaziy serverda qayd etib boradi. Ushbu elektron qaydlar yordamida guruh va fakultet kesimida joriy sanada mashg‘ulotlarda qatnashmayotgan talabalar, semestr davomida ko‘p dars qoldirgan talabalar to‘g‘risidagi hisobotlar avtomatik tarzda shakllanadi.

E-minbar dars materiallarini mavzu bayonidan chalg‘imasdan tushuntirishda yangi texnologiya bo‘lib, o‘qituvchi uchun kerakli bo‘lgan turli ma’lumot va uskunalar bilan jihozlangan. Ovoz kuchaytirish moslamasi o‘qituvchi va namoyish qilinayotgan multimediya materiallari ovozini o‘quvchilarga yaxshi yetib borishini ta’minlaydi.

Darsni bir vaqtda vebinar ko‘rinishida olib borishga mo‘ljallangan konferens-aloqa platformasi darsda qatnashmayotgan talabalarga mashg‘ulotni onlayn tarzda kuzatish va o‘zlashtirish imkonini beradi.

Dars vaqtida ko‘p zarurat tug‘iladigan, masalan proyektor ekranini boshqarish, yoritish chiroqlarini o‘chirish va yoqish, xonadagi pardalarni tushirish va ko‘tarish kabi amallarni o‘qituvchi o‘z joyidan turib touchscreen yordamida amalga oshiradi.

E-minbar dasturiy platformasi professor-o‘qituvchiga o‘zining virtual kabinetidagi ishini tashkil qilish, joriy sana uchun dars jadvali, taqvim-mavzuli (kalendar-tematik) reja, bugungi mavzu va darsga oid boshqa ma’lumotlar bilan tanishish, mashg‘ulot davomida talabalarga mavzu doirasida yanada ko‘proq ma’lumot berishda qulay vosita hisoblanadi.

Univeristetda Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi asosida tashkil etilgan “Innovasion pedagogika”    fakultetida ma’ruzalar o‘zaro  tasdiqlangan jadval asosida onlayn (vebinar) shaklda tashkil qilinmoqda. Ma’ruzalarga Belarus davlat pedagogika universitetining yetuk professor-o‘qituvchilari jalb qilingan. Onlayn vebinar mashg‘ulotlar conf.uzcloud.uz maxsus platformasida olib borilmoqda. Ushbu platforma video, ovoz hamda o‘qituvchining kompyuteridagi taqdimotini bir vaqtda translyasiya qilish, shuningdek vebinarni to‘liq yozib olish imkonini beradi.

O‘quv auditoriyalaridagi tartib-intizom hamda professor-o‘qituvchilar o‘tayotgan mashg‘ulotlarni  bevosita kuzatish va tahlil qilish maqsadida 1-3 o‘quv binolaridagi o‘quv auditoriyalariga jami 270 ta  ovozli kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan yuqoridagi tizimdan foydalangan holda mashg‘ulotlardagi davomat,  professor-o‘qituvchi va talabalarning darsdagi faolligi tizimli ravishda  o‘rganib, tahlil qilib borilmoqda. 

Yig‘ilish yakunida yuqoridagi aytib o‘tilgan axborot tizimlarining respublika oliy ta’lim muassasalarida joriy etilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kiritildi: 15:36 23.09.2019. O'qildi: 2706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!