Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tbilisida muxolifat yetakchilaridan biri Nika Meliya qo‘lga olindi

A A A
Tbilisida muxolifat yetakchilaridan biri Nika Meliya qo‘lga olindi

Oppozision “O‘zgarishlar koalisiyasi” partiyasi yetakchilaridan biri Nika Meliyaning qo‘lga olingani haqida uning advokati Georgiy Kondaxishvili ma’lum qildi.

💬 «Hozircha Meliyaga rasmiy ayblov qo‘yilmadi. U shaxsiy avtomobilida haydovchi va muhofazi huzurida qo‘lga olindi. Men buni odam o‘g‘irlash deb baholayman», — deb keltiradi “Interfaks” siyosatchining advokati so‘zlarini.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, bu hibsga olish jarayoni joriy juma kuni bo‘lib o‘tadigan sud jarayoni bilan bog‘liq. Unda Meliya vaqtinchalik parlament tekshiruv komissiyasi bilan hamkorlik qilmaslikda ayblanishi kutilmoqda. Bu — Jinoyat kodeksiga muvofiq bir yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi ko‘zda tutilgan jinoyat hisoblanadi.

Bir necha kun oldin Meliya kafillik pulini to‘lamasligi va sud majlisida qatnashmasligini bildirgan edi. Uning fikricha, unga qo‘yilayotgan ayblovlar noqonuniy va “legitim emas” hokimiyat tomonidan ilgari surilmoqda.

Avvalroq xuddi shu modda bo‘yicha Gruziyaning sobiq mudofaa vaziri Irakliy Okruashvili va muxolifatdagi “Girchi” partiyasi yetakchisi Zurab Japaridze ham hibsga olinib, sud qaror bilan qamoqqa olingan edi.

Kiritildi: 23:56 29.05.2025. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!