Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiyning samolyoti Moldovadan Norvegiyaga parvoz chog‘ida dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Zelenskiyning samolyoti Moldovadan Norvegiyaga parvoz chog‘ida dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Bu haqda Norvegiya bosh vaziri ma’lum qildi.

"Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moldovadan parvoz qilishi kerak bo‘lgan paytda uning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga sal qoldi qoldi. Zelenskiy ana shunday reallikda yashamoqda", — dedi Yonas Gar Styore.

Norvegiya bosh vaziri boshqa tafsilotlarni ma’lum qilmadi. Ukraina Styorening ushbu bayonotiga izoh bermadi.

Zelenskiy Norvegiya qiroli Harald V ning dafn marosimida ishtirok etish uchun 8 sentyabr oqshomida Moldova hududi orqali Osloga borgan edi. O‘sha tunda Rossiya dronlari Odesca viloyatining Moldova bilan chegarasidagi “Starokazache” xalqaro avtomobil o‘tkazish punktiga hujum qildi. NRK nashrining ta’kidlashicha, Zelenskiy Osloga uchib ketgan aeroport ushbu chegara punktidan taxminan ikki soatlik yo‘l uzoqligida joylashgan.

Kiritildi: 12:41 10.09.2026. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!