Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Tayvan prezidentining Afrikaga safari bekor qilindi

Tayvan prezidentining Afrikaga safari bekor qilindi

AQSh bunda Xitoyni ayblamoqda.

Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti Afrikaning bir qator davlatlari Xitoy ko‘rsatmasi bilan Tayvan prezidenti samolyotiga o‘z havo hududidan o‘tishga berilgan ruxsatnomalarni bekor qilganidan xavotir bildirdi.

Vashington buni xalqaro fuqaro aviasiyasi tizimini suiiste’mol qilish deb atadi. Shu hafta Tayvan Seyshel orollari, Mavrikiy va Madagaskar Tayvan prezidentining Esvatiniga (Tayvanning ittifoqchisi) rejalashtirilgan safari uchun berilgan parvoz ruxsatnomalarini bir tomonlama bekor qilganini ma’lum qildi. Bu mamlakat tarixida havo hududiga kirish taqiqlangani sababli prezidentning xorijiy safari butunlay bekor qilingan birinchi holatdir.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, Xitoy Afrika davlatlariga iqtisodiy sanksiyalar va qarzlardan voz kechmaslik bilan tahdid qilib, bosim o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, Esvatini Tayvan bilan rasmiy diplomatik aloqalarni saqlab qolgan dunyodagi 12 ta davlatdan biridir. Tayvan prezidenti Lay Sinde qirol Msvati III taxtga o‘tirganining 40 yilligi munosabati bilan u yerga tashrif buyurishi kerak edi.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!