Tayvan qurolli kuchlari bir sutka ichida xalq ozodlik armiyasining 41 ta samolyoti va 6 ta kemasi orolga yaqinlashganini qayd etdi.
Bu haqda orol mudofaa departamenti ma’lum qildi.
Hujjatda qayd etilganidek, 32 ta samolyot Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini kesib o‘tib, orolning shimoliy, markaziy, janubi-g‘arbiy va sharqiy qismlarida havo hujumidan mudofaa identifikasiya zonasiga kirdi.
Tayvan armiyasi nishonlarni kuzatish uchun samolyotlar, kemalar va yerdagi zenit-raketa tizimlaridan foydalangan holda javob berdi.