Tataristonning Yelabuga shahrida dron hujumi qurbonlari soni 7 kishiga yetdi. Bu haqda Rossiya OAVlari operativ xizmatlarga tayanib xabar berdi.
Ayni paytda Tatariston rahbari Rustam Minnixanovning matbuot xizmati xabar berishicha, olti qurbondan 3 nafari kasalxonaga yotqizilgan. «Olti nafar yarador bor. Ularning hayoti va salomatligi xavf ostida emas. Uch nafari shifokorlar ko‘rigidan so‘ng uyiga jo‘natilgan, yana uch nafari kasalxonaga yotqizilgan», — deyiladi xabarda.