Bugun 11 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Tataristonda dronlar hujumida halok bo‘lgan 13 kishining 9 nafari Nijnekamskdagi hostelda bo‘lgan

Tataristonda dronlar hujumida halok bo‘lgan 13 kishining 9 nafari Nijnekamskdagi hostelda bo‘lgan


Bu haqda Tatariston rahbari Rustam Minnixanov dronlar hujumiga uchragan Nijnekamskdagi sanoat zonasiga borganida ma’lum qildi.

"Bu hududda turar joy ob’ekti — hostel zarbaga uchradi, u yerda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Hozirda u yerda tergov harakatlari olib borilmoqda", — dedi Minnixanov.

Avvalroq rasmiylar dushanba kungi ommaviy hujum vaqtida aynan qaysi ob’ektlar zarbaga uchraganini haqida ma’lumot bermagan edi. Ushbu hujum oqibatida 13 kishi, jumladan bir yosh bola qurbon bo‘lgan.

O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulligining xabar berishicha, Ukraina dronlarining Tataristonning Nijnekamsk shahriga hujumi oqibatida yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Nijnekamskdagi zarba nishoni neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini bildirdi. Bu zavod, ushbu shahardagi boshqa bir neftni qayta ishlash zavodi kabi, avval ham dronlar hujumiga uchragan edi.

Kiritildi: 20:51 10.08.2026. O'qildi: 1881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!