Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tata Steel Chess. Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rinni egalladi

Tata Steel Chess. Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rinni egalladi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida 17 yanvardan 2 fevralgacha bo‘lib o‘tgan Tata Steel Chess 2025 musobaqasi yakunlandi. Bu yilgi turnirda dunyoning yetakchi grossmeysterlari ishtirok etishdi va musobaqa yuqori darajadagi partiyalar bilan yodda qoldi.

Masterlar turniri natijalari:

"Masters" turnirida ikki hindistonlik shaxmatchi — Gukesh Dommaraju va Pragnanandxa Rameshbabu 8,5 ochkodan to‘plashdi. G‘olibni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan "tay-brek" bahslarida esa omad Pragnanandxaga kulib boqdi.

Nodirbek Abdusattorov esa 8,0 ochko bilan turnirda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Chellenjers turniri natijalari:

Chellenjerlar turnirida Tay Day Van Nguyen 9,5 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Uning bu muvaffaqiyati kelgusi yilgi "Masters" turnirida ishtirok etish huquqini beradi. Nodirbek Yoqubboyev 8,0 ochko bilan 4-o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 08:27 03.02.2025. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!