Muzokaralar bir necha soat davom etadi, ammo Rossiya va Qo‘shma Shtatlar delegasiyalarining oldingi uchrashuviga qaraganda qisqaroq bo‘ladi, deya xabar bermoqda agentlik o‘z manbalariga tayanib.
“TASS”ning ma’lum qilishicha, maslahatlashuvlarda Rossiya delegasiyasiga mamlakatning Vashingtondagi elchisi Aleksandr Darchiyev, Qo‘shma Shtatlar delegasiyasiga esa davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo ishlari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Sonat Koulter boshchilik qilmoqda.
Avvalroq, Rossiya delegasiyasi AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Istanbulga yetib borgani va di uchrashuv Rossiyaning Bosh konsulxonasida bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.