AQShda aka-uka vafot etgan onasining chordog‘idan Supermen haqidagi ilk komikslardan birini topib oldi va uni auksionda 9,12 million dollarga sotdi. Shu tariqa u auksionda sotilgan eng qimmat komiks sifatida tarixga kirdi.
Aka-ukaning yoshi 50–60 atrofida. Ular 1939 yilga oid komiksni 2024 yilda chordoqdagi gazetalar to‘plami ostidagi, o‘rgimchak to‘ri bosgan karton qutidan topgan. Maxsus baholash xizmati komiks holatini 10 balldan 9 ball deb belgilagan va bu avvalgi rekordni (8,5 ball) ortda qoldirgan.