Joriy yil 14 fevral kuni Toshkent shahridagi AZIMUT Grand Hotel Tashkent majmuasida “Tashkent Marketing Forum 2026” bo‘lib o‘tadi. Tadbir Markaziy Osiyodagi eng yirik marketing konferensiyalaridan biri sifatida tadbirkorlar, kompaniya rahbarlari va marketing mutaxassislarini bir maydonga jamlaydi hamda yilning eng muhim professional voqealaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Forum ahamiyati shundaki, u marketingning nazariy jihatlaridan ko‘ra, real biznes jarayonlariga — sotuvlar, kompaniya o‘sishi va moliyaviy natijalarga qanday ta’sir ko‘rsatishini ochib berishga qaratilgan. TMF2026 amaliy yondashuvni afzal biladigan, marketingdan aniq natija kutayotgan auditoriya uchun mo‘ljallangan. Tadbir doirasida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Isroil va Italiyadan 50 dan ortiq spikerlar ishtirok etib, ular yetakchi xalqaro va mintaqaviy brendlar bilan ishlash tajribasi, real keyslar va sinovdan o‘tgan yechimlari bilan o‘rtoqlashadilar.
“Tashkent Marketing Forum 2026” 7 ta parallel seksiya formatida tashkil etiladi. Bu yondashuv ishtirokchilarga forum dasturini o‘z biznes ehtiyojlari, professional darajasi va qiziqishlariga mos ravishda shakllantirish imkonini beradi. Tashkilotchilar ta’kidlashicha, parallel seksiyalar real biznes muammolarini chuqur muhokama qilish, yangi yondashuvlarni tahlil qilish va amaliy javoblar olish uchun samarali format hisoblanadi.
“Amaliyotda parallel seksiyalar formati yaxshi natijalar berishini ko‘rdik. U real biznes-masalalarini muhokama qilish, yangi keyslar bilan o‘rtoqlashish va amaliy javoblar olish imkoniyatini beradi. Seksiyalar kuratorlari bilan biz haqiqatan ish beradigan g‘oyalarni o‘rtoqlashishga tayyor eng kuchli marketolog va ekspertlarni jamladik”, — deya qayd etdi O‘zbekiston marketing uyushmasi raisi, forum tashkilotchisi Diyor Mirzaaxmedov.
Forum dasturi marketingning asosiy yo‘nalishlarini qamrab olgan bo‘lib, unda o‘sish strategiyalari va real biznes-keyslar muhokama qilinadigan Inspire Session, O‘zbekiston ichki bozori va milliy brendlar rivojiga bag‘ishlangan Local Opportunities, marketing tadqiqotlari va analitikaga yo‘naltirilgan Marketing Research, performance va raqamli vositalarni qamrab olgan Digital Marketing, kommunikasiyalar va brend obro‘si masalalariga bag‘ishlangan PR & SMM, brending va strategik pozisiyalashga yo‘naltirilgan Strategy & Branding hamda sun’iy intellekt va MarTech yechimlariga bag‘ishlangan AI & IT Marketing seksiyalari o‘rin olgan.
Forum ishtirokchilari marketing agentliklari ishtirokidagi “Yil marketingi” yarmarkasiga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘ladilar. Yarmarkada bozor uchun dolzarb bo‘lgan yangi mahsulotlar va xizmatlar maxsus shartlarda taqdim etiladi. An’anaga muvofiq, tadbir doirasida “Tashkent Marketing Awards” marosimi ham o‘tkazilib, O‘zbekiston Marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra, 2025 yilning eng yaxshi marketologlari va hamkor brendlar taqdirlanadi.
Forum dasturidan marketing-navigàtor formati ham joy olgan bo‘lib, bu ekspertlar bilan yakkama-yakka uchrashuvlar orqali marketing vazifalarini muhokama qilish, professional tavsiyalar olish va aniq keyslarni tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu sessiyalar Ipak Yo‘li Bank ko‘magida tashkil etiladi.
“Tashkent Marketing Forum 2026” tadbirkorlar, biznes egalari, CEO va top-menejerlar, marketing va brend direktorlar, digital-mutaxassislar, agentliklar hamda marketingga qiziqadigan barcha professionallar uchun ochiq.
Spikerlar, chipta narxlari va boshqa ma’lumotlarni rasmiy saytdan topishingiz, shuningdek, qo‘shimcha ma’lumot uchun +998 97 402 28 20 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.
“Tashkent Marketing Forum 2026” — marketingni biznes rivoji uchun real ishlaydigan vositaga aylantiradigan professional platforma.