Tramp “zarur deb hisoblaganida” Strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qaror qabul qiladi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Agentlikning ismi sir tutilgan Oq uy vakiliga tayanib xabar berishicha, qaror qabul qilingan paytda qurollarni nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlari ham belgilanishi rejalashtirilgan.
Bloomberg manbasi Trampning bu masala yuzasidan qaror qabul qilish muddati haqida ma’lumot bermagan.