AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini ideal nomzod deb hisoblamasada, jannatga borishga umid qilayotganini bildirdi. U bu haqda Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Milliy ibodat nonushtasida so‘zladi. Nutq Oq uyning YouTube kanali orqali jonli efirda namoyish etildi.
«Aslida, men jannatga ketayotgan bo‘lishim mumkin deb o‘ylayman. Men ideal nomzod emasman, ammo ideal odamlar uchun juda ko‘p yaxshilik qilganman», — deb hazil qildi Tramp.
Shuningdek, u ommaviy axborot vositalarini uning jannat haqidagi avvalgi hazilini noto‘g‘ri talqin qilgani uchun tanqid qildi. Prezidentning aytishicha, u hazil qilmoqchi bo‘lgan, ammo jurnalistlar buni hayot ma’nosi haqidagi jiddiy mulohaza sifatida ko‘rsatgan. Tramp jurnalistlar bilan kinoyali munosabatda bo‘lish ehtiyotkorlikni talab qilishini ham ta’kidladi.