Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Tashkent City’da yana bir yulduzli to‘y: aktrisa Gulinur Abdullayeva rejissyorga turmushga chiqdi (video)

Tashkent City’da yana bir yulduzli to‘y: aktrisa Gulinur Abdullayeva rejissyorga turmushga chiqdi (video)

19 sentyabr kuni Tashkent City’da yana bir yulduzli to‘y bo‘lib o‘tdi. «Novda» filmidagi Zubayra obrazi bilan tanilgan yosh aktrisa Gulinur Abdullayeva rejissyor Habibulla Nabiyevga turmushga chiqdi.

Nikoh oqshomida o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari mehmon bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan kechada Davron Kabulov, Dildora Rustamova, Shohruhxon, Lola va Shahlo Ahmedova xizmatda bo‘lgan. Aktyor Alisher Uzoqov esa Habibullaga kuyovjo‘ra bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, kuyov Habibulla Nabiyev mahoratli klipmeyker sifatida tanilgan. U shu paytga qadar aksariyat taniqli xonandalar, jumladan, Munisa Rizayeva, Ulug‘bek Rahmatullayev, Lola va Shahlo Ahmedova, Jahongir Otajonovlar bilan hamkorlik qilgan.

 

Kiritildi: 09:19 19.09.2020. O'qildi: 13033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!