Madridning “Real” klubi portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyoni bosh murabbiy etib tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda insayder Sasha Tavolyeri ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv to‘liq yakunlangan va rasmiy e’lon kelasi haftada amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyu avval ham “Real”ni 2010–2013 yillar oralig‘ida boshqargan.
U madridliklar bilan Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Hozirda mutaxassis Lissabonning “Benfika” klubida ishlamoqda. OAV xabariga ko‘ra, Portugaliya klubi Mourinyoni “Real”ga qo‘yib yuborishga rozilik bergan.