O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati oldidangi tayyorgarlik rejasi ma’lum qilindi.
Terma jamoa 5–25 may kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi hamda mahalliy jamoalarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.
26 may kuni vakillarimiz Toshkentdan Nyu-Yorkka yo‘l oladi. 27–29 may sanalarida AQShda mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
1 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Kanadaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Edmontondagi “Commonwealth” stadionida bo‘lib o‘tadi.
8 iyun kuni esa jamoamiz Nyu-Yorkda Niderlandiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashadi.
10 iyundan boshlab terma jamoa Atlantada joylashgan Jahon chempionati bazasida faoliyatini davom ettiradi.
Shuningdek, jamoamizning Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvlari taqvimi ham ma’lum:
— 17 iyun: O‘zbekiston — Kolumbiya
— 23 iyun: Portugaliya — O‘zbekiston
— 27 iyun: Kongo DR — O‘zbekiston