Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

«Real»ning ichki ma’lumotlarini matbuotga tarqatishda gumon qilinayotgan futbolchi kim ekanligi ma’lum

«Real»ning ichki ma’lumotlarini matbuotga tarqatishda gumon qilinayotgan futbolchi kim ekanligi ma’lum

Dani Sebalyos «Real» kiyinish xonasidagi «ayg‘oqchilardan» biri bo‘lishi mumkin.

Estadio Deportivo nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachi Orelyen Tchuameni va Federiko Valverde o‘rtasidagi mojaro haqida «Real»dan tashqaridagi shaxslarga batafsil so‘zlab bergan. Ushbu nizo yakunda mashg‘ulot vaqtida futbolchilarning mushtlashib ketishiga sabab bo‘lgan edi.

Qayd etilishicha, madridliklar bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Sebalyosni kiyinish xonasidagi ichki ma’lumotlarni matbuotga «sizib chiqishi»da gumon qilmoqda. Futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi kelishmovchilik Sebalyos Arbeloaning u haqida salbiy fikr bildirganini bilib qolganidan so‘ng boshlangan. Arbeloa shu yozda Danini sotib olmoqchi bo‘lgan klublardan birining vakili bilan suhbatda u haqida noxush gaplarni aytgan. Arbeloa 24 aprel kuni «Betis»ga qarshi o‘yin (1:1) qaydnomasiga Sebalyosni kiritmaganidan so‘ng, ular o‘rtasidagi munosabatlar butunlay uzilgan.

Kiritildi: Bugun 16:51. O'qildi: 407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!