O‘zbekistonlik Gulshan Alimardonova (-50kg) Misrning Qohira shahrida karate bo‘yicha jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.
U atigi ikki hafta oldin Islom birdamligi o‘yinlari finalida yutqazib qo‘yib yig‘lagandi. Mag‘lubiyat unga JChda motivasiya bo‘lib xizmat qildi.
Shu paytga qadar jahon chempionatida o‘zbekistonliklardan faqatgina Dastonbek Otabolayev (2021 yil) oltin medalini qo‘lgan kiritgan bo‘lsa, endi Gulshan Alimardonova o‘z nomini tarixga bitib qo‘ydi. Gulshan o‘zbekistonlik ayol karatechilar orasida birinchi jahon chempioni sifatida ham tarixga kirdi.