Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Tarixiy foto: O‘zbekiston davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi qarori

Tarixiy foto: O‘zbekiston davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi qarori

«O‘zarxiv» agentligining “Telegram”dagi kanalida O‘zbekiston Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustdagi 335-XII sonli «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida»gi qarori surati e’lon qilindi.

«O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi Ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni Respublikaning davlat mustaqilligi e’lon qilingan hujjatni tan olishga da’vat etadi», — deyiladi qarorning so‘nggi, 5-bandida.

Ushbu tarixiy qaror O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘sha vaqtdagi raisi Shavkat Yo‘ldoshev tomonidan imzolangan.

Kiritildi: 16:15 01.09.2019. O'qildi: 3072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!