Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tarixdagi eng katta shamol generatori quriladi

A A A
Tarixdagi eng katta shamol generatori quriladi

Xitoyning Ming Yang Smart Energy kompaniyasi rotor diametri 310 metrdan ortiq bo‘lgan 22 megavattlik ulkan turbina qurish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Bloomberg yozdi.

Bu insoniyat tarixidagi eng yirik mashinalardan biri bo‘lishi mumkin. Parraklar uzunligi va suv ustidagi zarur bo‘shliqni hisobga olgan holda, yangi shamol generatorining balandligi taxminan 330 metrni tashkil qiladi. Uni Eyfel minorasi bilan taqqoslash mumkin.

Rotorning ish maydoni, ya’ni u aylanadigan doiraning maydoni taxminan 75 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu 10 dan ortiq futbol maydoni yoki 60 ta olimpiya suzish havzasiga monand.

Qurilmaning o‘lchami rekordlar ortidan quvish uchun emas, balki samaradorlik bilan izohlanadi. Uzunroq parraklar ko‘proq shamolni ushlaydi va ko‘proq quvvat ishlab chiqaradi. Katta turbinalar odatda shamol energiyasini ishlab chiquvchilar uchun xarajatlarni kamaytiradi.

Bunday gigantlarni qurish juda murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘pincha gigant parraklarni yetkazib berish bilan bog‘liq logistik muammolarga duch keladi.

Ming Yang Smart Energy 300 metrli turbinani 2024 yoki 2025 yilgacha ishga tushirishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 21:03 25.10.2023. O'qildi: 3687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!