Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Tarixda birinchi bor Antarktidada havo harorati +20 darajaga ko‘tarildi

Tarixda birinchi bor Antarktidada havo harorati +20 darajaga ko‘tarildi

Braziliyalik olimlar birinchi bor Antarktidada havo harorati +20,75 daraja Selsiyga yetganini qayd etdi.

Bu harorat 9 fevral kuni Seymur orolida qayd etilgan. Olimlar ushbu holatni «aql bovar qilmas va anomal» deb atamoqda.

Rekord ko‘rsatkich 1982 yilning yanvarida Signyu orolida qayd etilgan havo haroratidan deyarli bir darajaga yuqori. O‘shanda havo harorati 19,8 daraja issiqqa yetgan edi.

Olingan ma’lumotlar hozircha Jahon meteorologiya tashkiloti tomonidan tasdiqlanmagan.

Antarktidadagi haroratning ko‘tarilishi dunyodagi eng katta toza suv omboridagi muzlarning erishini tezlashtirib yuborishi mumkin — u yerda 60 foizgacha suv qor va muz shaklida mavjud.

Kiritildi: 15:32 14.02.2020. O'qildi: 2767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!