Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Tarix bunaqa qotillikka guvoh bo‘lganmi? Isroil bosqinchilari G‘azodagi maktabga hujum qilib 100 dan ortiq insonni o‘ldirib yubordi

Tarix bunaqa qotillikka guvoh bo‘lganmi? Isroil bosqinchilari G‘azodagi maktabga hujum qilib 100 dan ortiq insonni o‘ldirib yubordi

Falastinlik tinch aholi o‘ldirilishidan oldin bomdod nomozini ado etayotgan bo‘lgan. Zarbadan so‘ng ular alanga ichida yonib ketgan.

G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligi Isroilning uchta raketasi Falastinning al-Daraj tumanidagi maktabga urilganini aytdi.

G‘azodagi falastinlik rasmiylarga ko‘ra, Isroilning G‘azo shahridagi uy-joyidan qochgan odamlarga boshpana bo‘lgan maktabga uyushtirgan zarbasi oqibatida 100 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi.

G‘azo hukumati matbuot bo‘limi shanba kuni ertalab uyushtirilgan hujum ortidan bergan bayonotida, «Ishg‘ol armiyasi ko‘chirilgan odamlarni bomdod namozini o‘qiyotganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bombardimon qildi va bu shahidlar sonining tez ortib ketishiga sabab bo‘ldi» dedi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining guvohlarning so‘zlariga tayangan holda xabar berishicha, hujum paytida namozxonada 250 ga yaqin odam bo‘lgan.

Falastinlik jurnalist Xossam Shabatning xabar berishicha, Isroil harbiylari hududga suv ta’minotini to‘xtatib qo‘ygani sababli qutqaruv guruhlari alanga qamalib qolganlarga yordam bera olmagan.

Kiritildi: 11:30 10.08.2024. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!