O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva "Osiyo xotin-qizlar forumi"da so‘zlagan nutqida yurtimizda xotin-qizlarning ta’limiga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
"Ayollar uchun imtiyozli kreditlar, maxsus kvotalar ajratildi, magistraturada o‘qiydiganlarning kontrakt to‘lovlari to‘liq davlat byudjetidan qoplab berilishini davlat o‘z zimmasiga oldi. Natijada, bugungi kunga kelib qiz bolani o‘qitmaslik, uyda o‘tirishi kerak degan stereotiplarga barham berilmoqda. Hozirda oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalarning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etmoqda. Agar oliy ta’limga qamrovning 2017 yildagi 9 foizni hozirgi 43 foiz qamrov bilan solishtirsak, oliy ta’limda qizlar ulushi keskin ortganini ko‘rishimiz mumkin", dedi u.
Forum davom etmoqda.