Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Taniqli kulol Sharofiddin Yusupov vafot etdi

Taniqli kulol Sharofiddin Yusupov vafot etdi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, O‘zbekiston San’at arbobi, taniqli kulol Sharofiddin Isomiddinovich Yusupov 79 yoshida vafot etdi.

Bu haqda Islom sivilizasiyasi markazi Axborot xizmati xabar berdi.

Sharofiddin Yusupov uzoq yillar mamlakatimizda xalq amaliy san’ati an’analarini saqlash, xususan Rishton kulolchilik maktabini tiklashga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.

Shu bilan birga O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati bilan muntazam ijodiy hamkorlik qilib kelgan.

Kiritildi: 17:26 23.04.2025. O'qildi: 1175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!