Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Taniqli hind aktrisasiga qarshi boykot e’lon qilindi

Taniqli hind aktrisasiga qarshi boykot e’lon qilindi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari taniqli hind aktrisasi Karina Kapurga qarshi boykot e’lon qilishdi. Bunga aktrisaning filmda suratga tushish uchun haddan tashqari ko‘p haq talab qilgani sabab bo‘lgan.

Mahalliy nashrlarda Karina Kapurning Alaukiki Desaining yangi loyihasida Sita obrazida ko‘rinish berishi uchun 12 kror (1 646 908 million dollar) miqdorida gonorar so‘ragani haqidagi xabar tarqalgan. Internet foydalanuvchilari aktrisani e’tiqodni haqoratlash va insofsizlik qilishda ayblamoqdalar. Ular bitta rol uchun bunchalar katta pul talab qilish odamgarchilikka zid ish ekanligini aytishgan.

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida #BoycottKareenaKhan xeshtegi trendga aylanmoqda.

Kiritildi: 20:59 15.06.2021. O'qildi: 4182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!