Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Taniqli aktyor karantin vaqtida eshagi bilan birga ovqatlandi (VIDEO)

Taniqli aktyor karantin vaqtida eshagi bilan birga ovqatlandi (VIDEO)

Koronavirus pandemiyasi tufayli uyda izolyasiya qilingan aktyor Arnold Shvarsenegger Viski laqabli ponisi  va Lulu laqabli kichkina eshagi bilan ovqatlangan.

Hayvonlar Kaliforniyaning sobiq gubernatori yegan salat bilan qiziqishgan. Egasiga birinchi bo‘lib Viski kelgan, Shvarsenegger ozuqasini u bilan baham ko‘rgan, shundan keyin Lulu nima bo‘layotgani bilan qiziqqan va u ham yaqinlashdi. Aktyor unga ham shunday munosabatda bo‘ldi. Keyin u yana salat bargini Viski bilan bo‘lishdi, lekin u tinchlanmadi va egasining likopchasini yaladi.

– Bu meniki, – aktyor kulib, qo‘li bilan biroz siltab qo‘ygan.

Koronavirusning tarqalishi sababli, Shvarsenegger hammani uyda bo‘lishga undaydi va karantin qanday ketayotgani haqida muntazam ravishda videolavhalar berib boradi. Aktyor uy hayvonlari bilan vaqt o‘tkazadi, sayr qiladi va kitob o‘qiydi.

 

Kiritildi: 19:52 22.03.2020. O'qildi: 3679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!