Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar: vakolatlar vazirlikka o‘tkazilmoqda

Ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar: vakolatlar vazirlikka o‘tkazilmoqda

Prezident farmoniga asosan, davlat qabul komissiyasining bir qator vakolatlari bosqichma-bosqich Oliy ta’lim vazirligiga berilmoqda. Bu esa qabul jarayonlaridagi kechikishlarni kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Endi vazirlik:
— qabul natijalarini tasdiqlaydi;
— kontrakt to‘lov muddatlarini belgilaydi;
— o‘qishni ko‘chirish (perevod) masalalarini ko‘rib chiqadi;
— imtiyozli abituriyentlar va xorijiy talabalar bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Ilgari bu jarayonlar aynan komissiya sabab kechikib, abituriyentlar va talabalar uchun noqulayliklar keltirib chiqarar edi.

⚖️ Shuningdek, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab:
— davlat oliygohlari rektorlarini tayinlash vakolati ham vazirlikka o‘tadi;
— filial direktorlari va rahbarlarga nisbatan qarorlar ham vazirlik orqali qabul qilinadi.

Kiritildi: 19:35 13.04.2026. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!