Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish tartibi belgilandi

Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan “O‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish quyidagi bosqichlardan iborat:

  • 1-bosqich — arizani rasmiylashtirish
  • 2-bosqich — ta’lim sifatini ichki baholash
  • 3-bosqich — ta’lim sifatini tashqi baholash
  • 4-bosqich — davlat akkreditasiyasi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish

Ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish to‘g‘risida arizalar kelgusi o‘quv yilida faoliyatini boshlash uchun har yili 1 oktyabrdan kelgusi yilning 31 yanvarigacha qabul qilinadi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

— lisenziya yoki yuridik shaxsning guvohnoma nusxasi

— arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan miqdordagi yig‘imlarni amalga oshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma

— davlat akkreditasiyasi jarayonlariga biriktirilgan mas’ul xodimning ma’lumotlari

Arizalar 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Ta’lim dasturi “davlat akkreditasiyasidan o‘tdi” deb e’tirof etilganda, maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat 1 hafta muddatda beriladi va mazkur ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ruxsat etiladi.

Kiritildi: 17:14 07.08.2025. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!