O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch nafar mulozimi lavozimidan ozod etildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbarining farmoni bilan, Tal’at Shuhratovich Valiyev Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Valiyev ushbu lavozimda 2022 yil fevralidan buyon ishlab kelayotgandi. Bundan oldin Statistika qo‘mitasi raisining axborot texnologiyalariga mas’ul o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, Administrasiya farmoyishi bilan:
Bahodir Baxtiyorovich Mahmudov – Xavfsizlik kengashi apparati Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirilishini ta’minlash va xalqaro gumanitar hamkorlik sho‘’basi mudiri lavozimidan,
Shovqiddin Abduvaliyevich Qarshiyev – Xavfsizlik kengashi apparati Davlat chegarasi xavfsizligi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni ta’minlash sho‘’basi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi.