Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Talabgorlar arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestasiyadan o‘tkaziladi

Talabgorlar arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestasiyadan o‘tkaziladi

Hukumat qarori (208-son, 08.04.2025 y.) bilan “Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestasiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi.

Reglament tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga mas’ul shaxsning kompetentligi yuzasidan uni attestasiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Davlat xizmati vakolatli organ tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.

Attestasiya tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga qo‘yiladigan malaka talablariga talabgorning muvofiqligini aniqlash va kasbiy malaka darajasini xolisona baholash maqsadida o‘tkaziladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun BHM ning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

O‘tkazilgan attestasiya natijasi bo‘yicha tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirish bo‘yicha tegishli kompetentga ega deb topilgan talabgorga QR-kod qo‘yilgan guvohnoma yuboriladi.

Guvohnomaning amal qilish muddati – 3 yil.

Kiritildi: 15:40 10.04.2025. O'qildi: 993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!