AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mamanazarov Abdusamad ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:
〰️〰️〰️〰️〰️
❓Talabalardan karantin paytida shartnoma pulini to‘lashni talab qilish, aks holda imtihonlarga kiritmaslik to‘g‘rimi?
❗️Karantin vaqtida talabalarning masofaviy ta’limi yo‘lga qo‘yilgan, biroq talabalarni shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun talabalik safidan chetlatish kun tartibiga kiritilmagan.
✔️ Shartnoma pulini to‘lamagan talaba imtihonga kiritiladi, biroq kursdan kursga ko‘chirilgani to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirilmaydi.