Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalari tashkil etiladi

“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalari tashkil etiladi

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 1 iyundan 30 avgustgacha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’lim tashkilotlari o‘rtasida yoz oylarida hamkorlikda faol ish olib borish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Shu maqsadda, mazkur loyiha tizimida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda hamkor tashkilotlar, hokimliklar bilan birgalikda “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining dasturi tasdiqlandi.

“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalari “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari hamda “Just Dance” fijital raqs bo‘yicha 3 bosqichda tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1-bosqich 9-14-iyun kunlari respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilsa, 2-hududiy bosqich 16-21 iyun kunlari o‘tkazilib, unda g‘oliblikka erishgan jamoalar 23-25 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida tashkil etiladigan final bosqichida kuch sinashadi.

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan mazkur “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalarida munosib ishtirok etgan iqtidorli yoshlar mamlakat terma jamoalariga jalb etiladi.

Kiritildi: 16:41 08.06.2025. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!