Endi ijarada yashaydigan talabalar oylik ijara to‘lovining bir qismini onlayn tarzda qaytarib olishlari mumkin — universitet yoki bankka borish shart emas.
Bunda:
1️⃣ my.gov.uz portaliga kiring;
2️⃣ “Davlat OTM talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish” xizmatini tanlang;
3️⃣ Hujjat talab etilmaydi — tizim avtomatik tekshiruvni amalga oshiradi.
Agar ariza ma’qullansa:
➖ Toshkentdagi talabalar — BHMning 1 baravari;
➖ Viloyatdagi talabalar — BHMning 0.5 baravari miqdorda to‘lovni qayta oladi.
🗓 Arizalar har oyning 1–7 kunlari qabul qilinadi.