Amerikalik siyosiy sharhlovchi Taker Karlson Trampning Isroil bilan bog‘liq siyosati keskin tanqid qildi.
▪️ «Donald Tramp o‘z mamlakati manfaatlaridan ustun qo‘yib, xorijiy davlat — Isroil va uning manfaatlarini tanladi. Buni inkor etib bo‘lmaydi. Ekzit-pol natijalari ham buni ko‘rsatmoqda».
▪️ «Rahbarning o‘z xalqi o‘rniga boshqa davlatni tanlashi noto‘g‘ri. Xuddi ota-ona o‘z farzandlari och qolib turgan bir paytda qo‘shnisining bolalarini Disneylendga olib borganidek».
▪️ «Tramp aynan shunday qildi — u AQSh o‘rniga Isroilni tanladi. Bu haqda odamlar turli gaplarni aytishi mumkin, ammo buni hamma ko‘rib turibdi. Bu juda ochiq-oydin».