Tailandda xorijlik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi va ag‘darilib ketdi. Hodisa natijasida 12 kishi jarohatlandi.
“Maticon” gazetasi xabar qilishicha, baxtsiz hodisa mamlakatning shimolidagi tog‘li Lampang provinsiyasida sodir bo‘lgan. Avtobus Chiang Maydan Bangkokka ketayotgan bo‘lib, bortida 38 yo‘lovchi bo‘lgan. Jarohatlanganlarning ikki nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Barcha yo‘lovchilar xorij fuqarolari bo‘lib, asosan arab davlatlaridan kelganlar.