Tailand fuqaro aviasiyasi boshqarmasi (CAAT) samolyotlar bortidagi pauerbanklarga oid qoidalarni yangiladi, deb yozadi Bangkok Post.
Endi ular faqat qo‘l yukida bo‘lishi kerak, ularni bagajga joylash mumkin emas, shuningdek, qurilmalarning sig‘imi 100 Vt·soatdan oshmasligi kerak.
160 Vt·soatgacha bo‘lgan pauerbankni olib o‘tish uchun aviakompaniyadan ruxsat olish talab etiladi.
Har bir yo‘lovchi o‘zi bilan ko‘pi bilan ikkita batareya olishi mumkin. Shu bilan birga, parvoz paytida telefon yoki boshqa elektron qurilmalarni quvvatlash uchun pauerbanklardan foydalanish taqiqlanadi. Akkumulyatorlarning o‘zini ham zaryadlash mumkin emas.
Bundan tashqari, batareyalarni yuqori yuk javonlariga joylash taqiqlandi — ular “oson yetib bo‘ladigan” joylarda, masalan, o‘rindiqlar ostidagi bo‘shliqda yoki o‘rindiq cho‘ntagida bo‘lishi kerak.
Regulyator bortdagi pauerbanklar yonishi bilan bog‘liq bir qator hodisalardan so‘ng qoidalarni kuchaytirdi, deb ta’kidlaydi nashr.
Qayd etilishicha, yo‘lovchilar uni o‘zi bilan olishlari mumkin, biroq faqat bitta va butun parvoz davomida qurilma o‘chirilgan holda bo‘lishi shart.
Uni faqat oldindagi o‘rindiq cho‘ntagiga yoki o‘rindiq ostidagi sumkaga joylashtirishga ruxsat beriladi. Yuqoridagi bagaj javonida pauerbankni saqlash mumkin emas.