Myanmadagi zilziladan keyin Tailandda 50 dan ortiq keskin silkinishlar qayd etildi.
Bu haqda Tailand zilzila monitoringi boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 4,9 magnitudali oxirgi zilzila mahalliy vaqt bilan 23:46 da qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni Bangkok va uning atrofidagi bir qancha hududlarda 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. Meteorologiya departamenti zilzila episentri Myanmaning Mandalay shahri hududida 13:20 da 10 km chuqurlikda 8,2 magnitudali silkinishni qayd etdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Bangkokdagi zilzila qurbonlari soni 10 kishiga yetgan, 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan.