Tailandda kuydirgi bilan kasallanganlar soni to‘rttaga yetdi, 98 kishi infeksiya o‘chog‘i bilan aloqa qilganidan keyin kuzatuv ostida.
Bu haqda Tailand kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika departamenti ma’lum qildi.
Kasallik qirollikning Laos bilan chegaradosh va qirollikning mashhur sayyohlik joylaridan uzoqda joylashgan sharqiy Mukdaxon provinsiyasida sodir bo‘lgan.
"Jami to‘rtta infeksiyaning tasdiqlangan holati qayd etildi. Ulardan bir nafari o‘lim bilan yakunlangan, yana uch nafari davolanmoqda. Jami 636 nafari infeksiya o‘chog‘i bilan aloqada bo‘lgan, shundan 538 nafari kasallik belgilarini aniqlash bo‘yicha kuzatuv muddatini o‘tgan”, — deyiladi boshqarmada.
Agentlikning 1 may kuni xabar berishicha, infeksiya qurboni 53 yoshli qandli diabet bilan kasallangan erkak 27 aprel kuni kasalxonaga yotqizilgan. Kuydirgi kasalligining tarqalishiga qoramollarning so‘yilgani va keyinchalik mahalliy aholiga go‘sht sotilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.