Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tailandda erkak jonli efir vaqtida qizini osib o‘ldirdi

Tailandda erkak jonli efir vaqtida qizini osib o‘ldirdi

Tailandda erkak 11 oylik qizini jonli efirda osib o‘ldirdi, deya xabar bermoqda The Mirror nashri.

Holat Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi jonli efir vaqtida yuz bergan. 21 yoshli erkak avvaliga qizini osib o‘ldirib, keyinchalik o‘z joniga qasd qilgan.

“Feysbukdagi jonli efir vaqtida erkak kichkina qizini o‘ldirgani, keyin esa o‘z joniga qasd qilgani tasvirlangan”, - deyiladi xabarda.

Polisiya xodimlari ota va qizning jasadini Pxuketdagi tashlandiq mehmonxonadan topgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, erkakning bu ishga qo‘l urishiga uning rafiqasi bilan yuz bergan mojaro sabab bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 13:46. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!