28 mart kuni Tailand poytaxti Bangkokda sodir bo‘lgan dahshatli zilzila oqibatida osmono‘par bino qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 74 nafarga yetdi.
Bu haqda xorijiy OAVlar xabar bermoqda.
Qutqaruvchilar qulagan 30 qavatli Bosh auditorlik binosi joyida bedarak yo‘qolgan 20 kishini qidirishni davom ettirmoqda. 10 ta jasadning joylashuvi allaqachon aniqlangan bo‘lsa-da, ularni qazib olishga temir-beton plitalar jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni Myanmada 8,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. Zilzila Myanma va Tailandda jiddiy vayronagarchilik va qurbonlar keltirdi. Birgina Myanmadagi qurbonlar soni 3800 nafarga yetgani aytilmoqda.