Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Tailand sayyohlarga kriptovalyuta bilan xaridlarni to‘lash imkonini beradi

Tailand sayyohlarga kriptovalyuta bilan xaridlarni to‘lash imkonini beradi

Tailand hukumati turistlarga o‘z raqamli aktivlarini kredit kartalarida ro‘yxatdan o‘tkazish va xaridlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kriptovalyutani mamlakat real iqtisodiyotiga integrasiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Nation nashri ma’lum qildi, deb yozadi Report.

Tailand bosh vaziri o‘rinbosari va moliya vaziri Pxichay Chunxavachiraning so‘zlariga ko‘ra, Moliya vazirligi hozirda kartalarda kriptovalyutani joriy qilishda foydalanilayotgan xalqaro modellarni o‘rganmoqda.

“Ayrim xorijiy mamlakatlarda kredit kartaga kriptovalyuta yuklash orqali xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Sotuvchi to‘lovni mahalliy valyutada oladi. Ushbu yondashuv Tailandda ham amalga oshirilishi mumkin”, – dedi u.

Hukumat kapital bozori va raqamli aktivlar bozorini o‘zaro bog‘lash uchun qonunchilikka o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmoqda.

Tailand Turizm vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon mamlakatga 13,4 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2 foizga kam. Eng ko‘p sayyohlar Xitoydan kelgan – 1,8 million kishi. Keyingi o‘rinlarda Malayziya (1,7 million), Rossiya (932 ming), Hindiston (880 ming) va Janubiy Koreya (637 ming).

Kiritildi: 22:57 27.05.2025. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!