Sud o‘z qarorida Pxetxongtxan Kambodjaning sobiq bosh vaziri Xun Sen bilan ikki davlat o‘rtasidagi chegara mojarosini muhokama qilgan telefon suhbati chog‘ida axloqiy me’yorlarni buzganini ta’kidladi.
"Suhbat 15 iyun kuni bo‘lib o‘tgandi. Yozuvlarda Tailand bosh vaziri Kambodjaning sobiq rahbarini "amaki" deb atagani va o‘z armiyasining harakatlarini tanqid qilganini eshitish mumkin. Ikkala siyosatchi ham yozuvning haqiqiyligini tasdiqlagan", deya xabar bermoqda Reuters.
Sud qarori e’lon qilingach, Pxetxongtxan uzr so‘radi va urushning oldini olishga uringanini aytdi.
38 yoshli Pxetxongtxan Chinavat 2024 yil avgust oyida Tailand bosh vaziri bo‘lgandi. U bu lavozimda bir yildan kamroq ishladi.