Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tailand bosh vaziri telefon suhbati ortidan lavozimidan vaqtincha chetlatildi

Tailand bosh vaziri telefon suhbati ortidan lavozimidan vaqtincha chetlatildi

Tailand Konstitusiyaviy sudi bosh vazir Paetongtxan Shinnavatrani vazifasidan vaqtincha chetlatish haqida qaror qabul qildi. Bu qaror Kambodjaning sobiq bosh vaziri, hozirgi Senat raisi Xun Sen bilan telefon orqali bo‘lgan shubhali suhbat ortidan yuzaga kelgan etik mojarolarga bog‘liq holda qabul qilindi.

Sudga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 36 nafar senator Shinnavatrani etik qoidalarni buzganlikda ayblab, uning harakatlari davlat rahbarligiga bo‘lgan jamoatchilik ishonchiga jiddiy shubha tug‘dirishini bildirishgan.

🔹 Konstitusiyaviy sud ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qildi:
7 nafar sudya — chetlatish tarafdori,
2 nafar sudya — qarshi.

Hozirda bosh vazir vazifasini uning o‘rinbosari vaqtincha bajaradi. Sud jarayoni yakunlangunga qadar Shinnavatra faoliyatini to‘xtatadi.

Kiritildi: 15:44 01.07.2025. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!