Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tailand Bosh vaziri munosabatlarni mustahkamlash yo‘llarini muhokama qilish uchun Xitoyga tashrif buyuradi

Tailand Bosh vaziri munosabatlarni mustahkamlash yo‘llarini muhokama qilish uchun Xitoyga tashrif buyuradi

Tailand Bosh vaziri Settxa Txavisin 8-10 oktyabr kunlari Xitoyga tashrif buyurib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘llarini muhokama qiladi.

Bu haqda hukumat matbuot kotibi Chay Vacharongga asoslanib, Bangkok Post gazetasi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarning asosiy mavzularidan biri turizm sohasidagi hamkorlikni oshirish bo‘ladi. Tailandning yangi hukumati AQSh va Xitoy bilan munosabatlarda muvozanatni saqlash niyatidami, degan savolga, Vacharong shunday dedi: "Haqiqat shuki, Tailand endi AQSh va Xitoyga ikki asosiy savdo hamkori sifatida teng munosabatda bo‘ladi".

Bosh vazir 19-25 sentyabr kunlari BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ishtirok etadigan ilk xorijiy tashrifini AQShga amalga oshiradi.

Kiritildi: 10:40 17.09.2023. O'qildi: 1390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!