Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Tadbirkorning kredit qarzdorligini to‘lash uchun 1 000 AQSh dollarini olib qarzdorlikni to‘lamagan bank xodimlari qo‘lga tushdi

Tadbirkorning kredit qarzdorligini to‘lash uchun 1 000 AQSh dollarini olib qarzdorlikni to‘lamagan bank xodimlari qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining Mingbuloq filiali boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi F.K. va mahallabay ishlash bo‘limi mahalla bankiri M.YU.lar “X.B.” MCHJ rahbari N.M.ning 15 mln so‘mlik kredit qarzdorligini to‘lab berishlari evaziga muqaddam 1 000 AQSh dollarini olganliklari aniqlanib, tergovga qadar tekshiruvda 1 000 AQSh dollari hisobidan 7,2 mln so‘mning qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:46. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!