Madridning «Real» klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq sardori Serxio Ramos yosh yulduz Lamin Yamalning jarohati hamda bo‘lajak Jahon chempionati haqida keskin fikr bildirdi.
Tajribali himoyachining ta’kidlashicha, «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasining iqtidorli a’zosi ishtirok etmaydigan turnir futbol olami uchun katta yo‘qotish hisoblanadi.
«Agar Lamin Yamal son mushagi jarohati tufayli JCH-2026'ni o‘tkazib yuborsa, butun turnir qoldirilishi kerak. Ha, buni men aytyapman va har bir so‘zimni o‘ylab gapiryapman.
Eshiting, futbol shunchaki o‘yin emas, bu teatr, bu sehr, bu yangi avlod o‘zini dunyoga e’lon qiladigan global sahna. Atigi 18 yoshida Lamin Yamal shunchaki Ispaniya yoki «Barselona» o‘yinchisi emas — u bu go‘zal o‘yinning kelajakdagi yuzidir», — dedi Ramos.